XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MUHABBAT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. «Muhabbat» so’zi qadimiy yunon tilidan tarjima qilinganda, «xohish» ma’nosini beradi.

2. Muhabbat ramzi — atirgul.

3. Uylanmagan yigit sevgilisi bilan uchrashish asnosida miyasidagi neyronlar zanjiri kuchli bosim ostida qoladi. Shuning natijasida u aksar holatlarda noto’g’ri qarorlar qabul qiladi.

4. Kimdir kimnidir sevib qolsa, miyaning tepa qismi dopamin bilan to’ladi. Shunday manzara narkomanlar kokain qabul qilgan payt ham kuzatilarkan.

5. Sevib qolgan odam nuqul shirinlikka, asosan shokoladga o’ch bo’lib qoladi.

6. Muhabbat «tomiri» nomsiz barmoqda bo’ladi. Shu sababli faqat shu barmoqqa nikoh uzugi taqiladi.

7. Olimlarning tadqiq qilishicha, qiyinchilik mahali bir-biriga ko’ngil qo’ygan juftliklarning munosabatlari boshqalarnikiga nisbatan mustahkam bo’larkan.

8. Sevib qolgach, yigitning ko’rish qobiliyati yaxshilanadi, qizning esa miyasi avvalgidan tezroq ishlay boshlaydi.

9. Juftliklar orasida romantika bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Negaki, miya bir yildan ko’p kuchli bosim ostida ishlay olmaydi.

10. Dunyodagi jami aholining 38 foizi hech qachon birovni seva olmaydi va bir umrlik juftini uchratish baxtidan mahrum.

11. Juftini qattiq sevguvchilar organizmida gormonlar miqdori keragidan ko’pchilikni tashkil etadi. Aynan ular sevgan insonning qalbida rashk tuyg’usini paydo qiladi.

12. Muhabbatda hech qachon balans bo’lmaydi. Juftlikning biri qalbidagi sevgi kuchliroq, ikkinchisi qalbidagi sevgi kuchsizroq bo’ladi. Bu tabiat qonunlaridan biri ekan.

13. Yigit qizni bir necha daqiqa ichida qattiq sevib qolishi mumkin. Ammo qizning qattiq sevib qolishi uchun ko’proq vaqt talab qilinadi.

14. Odamlar nikoh tufayligina hayotda o’zlariga qattiqroq ishongan holda yashay boshlaydi.

15. Uylangan talaba imtihon topshirish pallasida ilgarigidek hayajonlanmaydi.

16. Muhabbat bilan bog’liq kuchli his-tuyg’ular uch yildan ortiq davom etmaydi. Bu tuyg’u organizmdagi serotonin moddasi tufayli yo’qlikka yuz tutadi.

17. Sevgi inson organizmining barcha hududlari xotirjam tortishida muhim ahamiyatga ega.

18. Do’stlikning muhabbatga aylanish holatlari juda kam uchraydi.

19. Har kuni erta tongda juftidan bo’sa oluvchi erkaklar boshqalarga qaraganda ko’proq umr ko’rarkan.

20. Qalbida kuchli muhabbat tuyg’usini tuygan odamning miyasidagi 12 ta hudud baravar ishlay boshlaydi.

21. Agar munosabatlarga nuqta qo’ygan odam yolg’iz qolgan payt sobiq juftining suratiga boqsa, organizmining qaeridadir jismonan og’riq tuyadi.

22. Olimlar olib borgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, odam to kim bilandir nikohlangunga qadar qalbida jami 7 marta kuchli muhabbat tuyg’usini tuyishi mumkin ekan.

23. Muhabbat asab va qalbni tinchlantirish bo’yicha har qanday antidepressantdan ham kuchliroq ekan.

24. Romantikaga boy muhabbat yakun topgachgina haqiqiy mustahkam, ishonchli, sof muhabbat tug’iladi.

25. Hech kimni seva olmaslik ham xavfli xastalik sanaladi.

26. Olimlarning ta’kidlashicha, anor sharbati inson qalbidagi muhabbat tuyg’usini kuchaytirish xususiyatiga ega ekan.

27. Fiziologik nuqtai nazardan qaralsa, muhabbat ham xuddi nevrozdek bir gap. Sevib qolishdan qo’rqish tibbiyotda «Filofobiya» deb ataladi.

28. Ayollarning qulog’i bilan sevishini psixologlar amalda isbotlashgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…