BILASIZMI?..

 

 

KAKKU HAQIDA HAQIQATLAR

 

Kakku xuddi bulbul kabi odamlar ko’zidan panada umr kechirishni ma’qul ko’radi. U asosan qalin o’rmonlarda yashab o’tadi. Biroq O’rta Osiyoning daraxtzorlardan iborat hududlarida ham albatta kakku tovushini eshitasiz. Kakkularning bir yomon odati bor. Bu odat avloddan avlodga o’tib kelmoqda. Ya’ni, kakkuning yangi tug’ilgan, hali ko’zlari ham ochilib ulgurmagan jo’jasi shu ahvolda qanotlarini yoyib, boshqa bir inga kirib boradi. Inda ona kakku yo’qligidan foydalanib, tuxum yoki tug’ilgan jo’jani yelkasiga ortadi-da, pastga irg’itadi. Kakkuning yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, urg’ochisi umuman tovush chiqara olmaydi. Biz hayajon bilan tinglaydigan ku-kulashning egasi kakkuning erkagi hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..