Zidan: «Meni Benzemaning akasi, deyishingiz mumkin»PARIS, FRANCE — OCTOBER 17: Karim Benzema (L) receives the Ballon d’Or award from Zinedine Zidane (R) during the Ballon D’Or ceremony at Theatre Du Chatelet In Paris on October 17, 2022 in Paris, France. (Photo by Aurelien Meunier/Getty Images)

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «qirollik» klubida hujumchi Karim Benzema bilan ishlash haqida gapirdi.

“Meni Benzemaning akasi deb atashingiz mumkin. “Real”ga murabbiylik qilganimda bu futbolchi bilan ishlash menga yoqardi. Men unga maslahat berdim, garchi u allaqachon juda zo’r edi. Karimning to’pni nazorat qilishiga qoyil qolaman. Agar biz birga o’ynaganimizda u juda ko’p gollar urardi», – deya Zizuning so’zlarini keltiradi L’Equipe.