Argentinaning Rosario shahrida PSJ futbolchisi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokuzzoga qarashli do’konga ikki kishi mototsiklda kelib, bosqinchilik uyushtirgan.
Ma’lum bo’lishicha, erkaklar do’kon binosiga 14 marta o’q uzgan. Ketar chog’da esa Messiga shunday yozuv qoldirishgan: «Messi, biz seni kutamiz. Yavkin narkotik sotuvchisi, senga yordam bera olmaydi».
Qayd etilishicha, Pablo Yavkin Rosario shahrining amaldagi meri hisoblanadi.
Mahalliy hokimiyat idoralari nima bo’lganini tekshirmoqda, erkaklar Messidan pul undirishga aloqador bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko’ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, hujum paytida supermarket yopilgan, o’qlarning aksariyati panjaralarga tekkan.
Izohlarni ko`rish