Yaponiya o'z maydonida Avstraliyani mag'lubiyatga uchratdi, Eron-Janubiy Koreya o'yinida g'olib aniqlanmadi

JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasida 4-tur uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda.

Xususan “A” guruhi peshqadamlari – Eron va Janubiy Koreya uchrashuvida kuchlar teng keldi, – 1:1.

“V” guruhida Yaponiya – Avstraliya uchrashuvida darvozlaraga 3ta to’p kiritildi. Unda “kunchiqar yurt” vakillari 2:1 hisobidagi g’alabani qo’lga kiritdi va ochkolari sonini 6taga yetkazib, guruhda 3-o’ringa ko’tarilib oldi. Avstraliya esa 9 ochko bilan 1-o’rinda qoldi.

JCh-2022 saralashi. Osiyo mintaqasi

“A” guruhi

Eron-Janubiy Koreya – 1:1

Gollar: Jahonbaxsh (76) – Son Xyon Min (49)

“B” guruhi

Yaponiya – Avstraliya – 2:1

Gollar: Tanaka (8), Bexich (85, avtogol) – Xrustich (70)