PARIS, FRANCE — FEBRUARY 19: Neymar Junior of Paris Saint Germain celebrates his goal during the Ligue 1 match between Paris Saint-Germain and Lille OSC at Parc des Princes on February 19, 2023 in Paris, France. (Photo by Antonio Borga/Eurasia Sport Images/Getty Images)
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko’ra, «Chelsi» «PSJ» hujumchisi Neymarni o’z safiga qo’shib olmoqchi emas.
Oldinroq londonliklar futbolchiga ko’z tikishayotgani xabar qilingandi. «PSJ» jarohati tufayli futbolchisini sotmoqchi. U mavsumning qolgan qismida maydonga tushmaydi.
Futbolchining o’zi parijliklar safini tark etishni istamayapti va kelajakda faoliyatini «PSJ»da yakunlash niyatida. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Umuman olganda, hujumchi Fransiya 1-ligasining joriy mavsumida 20 ta o’yin o’tkazib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.