Viktor Osimxen 80 million yevroga baholangan va «Manchester Yunayted» uni sotib olishga tayyor

«Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Qayd etilishicha, yozda «qizil iblislar» safini tark etishi kutilayotgan Edinson Kavani va Markus Reshford o’rniga mankunianliklar mutasaddilari aynan nigeriyalik forvard bilan shartnoma imzolamoqchi. Kelishuvning taxminiy summasi 80 million yevroga baholagan.

«Napoli» bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadigan Osimxen 2020 yilning yozida «Lill»dan 40 million yevro evaziga sotib olingan.