Turli yuksaklikdagi tog’lar va qoyaliklardan iborat Turkiya, cho’qqini zabt etishni sevuvchi alpinistlarga toqqa chiqishning turli usullarini sinab ko’rish uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi.
Turkiyani alpinistlar uchun mo»jızaviy makon deb ta’riflash mumkin, bu yerda turli xil sport mashg’ulotlariga ham ruxsat beriladi. Turkiyaning keng va baland tog’lari va uning atrofidagi tabiat, tashrif buyuruvchilarga o’z yo’nalishlarini yaratish va xohlagancha kashf qilish uchun son-sanoqsiz imkoniyatlarni taklif etadi.
Quyida Turkiyaning alpinizm bilan shug’ullanish nuqtalarini taqdim etamiz.
Geyikbayiri, Antaliya
Turkiyaning eng mashhur qoyaga ko’tarilish hududi Geyikbayiri Antaliya shahar markaziga juda yaqin joylashgan toqqa chiqish zonasidir. Geyikbayiri barcha darajadagi 700 dan ortiq marshrutlarga ega bo’lib, bu tik qoyaliklardan iborat hudud Antaliyadan 25 km uzoqlikda joylashgan.
Hududda turli qoyalarga chiqish uchun 700 dan ortiq marshrutlar mavjud bo’lib, asosiy qoyaga chiqish marshrutining uzunligi 1,5 kilometrni tashkil etadi. Geyikbayıri mukammal iqlimi va geografik xususiyatlari bilan ham alpinistlarni o’ziga jalb qiladi.
Antaliya yaqinida yana to’rtta toqqa chiqish zonasi mavjud bo’lib, bular Olimpos, Chitdibi, Akyarlar va Karatash hisoblanadi.
Aladag’lar, Nig’de
Toros tog’ tizmasidagi Kayseri, Adana va Nig’de shaharlari kesishgan nuqtada joylashgan Aladag’larda ohaktoshdan iborat ajoyib qoyaga chiqish yo’llari mavjud. Marshrutlarning aksariyati bir bosqichli bo’lib, ammo 650 metrgacha bo’lgan ko’p bosqichli marshrutlar ham mavjud.
Aladag’larda 100 dan ortiq toqqa ko’tarilish yo’llari mavjud bo’lib, 1600 metr balandlikda joylashgan Aladag’lar milliy bog’ida, iyun oyining boshidan sentyabr oyining oxirigacha toqqa chiqish uchun juda qulay hisoblangan ob-havo hukmron bo’ladi.
Datcha va Bafa ko’li, Mug’la
Egey va O’rta yer dengizini ajratib turadigan yarim orolda zabt etilishi mushkul bo’lgan qoyalik mavjud bo’lib, siz, Datchadagi granit qoyalaridan ko’tarilayotganda ajoyib manzaraning guvohi bo’lishingiz mumkin.
Mintaqada toqqa chiqish uchun ko’plab joylar mavjud bo’lsada, toqqa chiqishning aksariyati Jan Baba g’ori va uning atrofida amalga oshiriladi.
Bodrumdan 100 km, Marmarisdan esa 60 km uzoqlikda joylashgan Datcha, Turkiyaning eng qiyin va tik toqqa chiqish yo’llarini o’z ichiga oladi. Datchada toqqa chiqish biroz tajriba talab qilsada, sayroqi qushlarning xush ovozi sizga toqqa ko’tarilishda kuch-quvvat beradi.
Kaynaklar, Izmir
Izmirning Buja tumanidagi Kaynaklar qishlog’i yaqinida joylashgan Kaynaklar toqqa chiqish zonasida yil davomida toqqa chiqish mumkin. Bu yerda turli darajadagi 200 dan ortiq toqqa chiqish yo’llari bo’lib, toqqa chiqishni sevuvchilar bahorda o’tkaziladigan «Resources Rock Climbing Festival» alpinistlar festivalida ishtirok etishlari ham mumkin.
Ballikayalar kanyoni, Kojaeli
Kanyonda 100 ga yaqin marshrut mavjud bo’lib, u yerda toqqa chiqish bilan shug’ullanish 1970 yillarda boshlangan. Kanyonda barcha darajadagi alpinistlar uchun marshrutlar mavjud.
Harmankaya kanyoni, Bilejik
1299 yilda Usmoniylar imperiyasiga asos solingan Bilejik, Istanbuldan mashina bilan 2-3 soat uzoqlikda joylashgan.
Bilejikning Harman qishlog’i yaqinida joylashgan Harmankaya kanyoni katta va kichik sharsharalari bilan to’rt kilometrni tashkil etadi.
Hududda qoyaga ko’tarilish uchun maxsus joy bo’lmaganligi sababli, hudud hech qanday qulayliklarga ega emas. Shu sababli siz piknik uchun chodiringizni o’zingiz bilan olib kelishingiz va kanyon atrofidagi tabiiy buloqlar atrofida tikishingiz mumkin.
Jilo, Hakkari
Qish oylari ancha sovuq bo’lgan Hakkarida, uzoq qish oylarida qor va muz bilan qoplangan Jilo tog’i joylashgan bo’lib, 4135 metr balandlikdagi mazkur tog’, mamlakatdagi ikkinchi eng baland tog’ hisoblanadi.
Jilo tog’i «Turkiyaning toqqa chiqish jannati» nomi bilan ham mashhur. Jilo tog’i sizni to’q moviy muzliklardan iborat ko’llari, rang-barang endemik gullari va hayratlanarli manzarasi bilan o’ziga maftun qiladi.
Ballikayalar kanyoni, Kojaeli
Kanyonda 100 ga yaqin marshrut mavjud bo’lib, u yerda toqqa chiqish bilan shug’ullanish 1970-yillarda boshlangan. Kanyonda barcha darajadagi alpinistlar uchun marshrutlar mavjud.
Harmankaya kanyoni, Bilejik
1299 yilda Usmoniylar imperiyasiga asos solingan Bilejik, Istanbuldan mashina bilan 2-3 soat uzoqlikda joylashgan.
Bilejikning Harman qishlog’i yaqinida joylashgan Harmankaya kanyoni katta va kichik sharsharalari bilan to’rt kilometrni tashkil etadi.
Hududda qoyaga ko’tarilish uchun maxsus joy bo’lmaganligi sababli, hudud hech qanday qulayliklarga ega emas. Shu sababli siz piknik uchun chodiringizni o’zingiz bilan olib kelishingiz va kanyon atrofidagi tabiiy buloqlar atrofida tikishingiz mumkin.
Jilo, Hakkari
Qish oylari ancha sovuq bo’lgan Hakkarida, uzoq qish oylarida qor va muz bilan qoplangan Jilo tog’i joylashgan bo’lib, 4135 metr balandlikdagi mazkur tog’, mamlakatdagi ikkinchi eng baland tog’ hisoblanadi.
Jilo tog’i «Turkiyaning toqqa chiqish jannati» nomi bilan ham mashhur. Jilo tog’i sizni to’q moviy muzliklardan iborat ko’llari, rang-barang endemik gullari va hayratlanarli manzarasi bilan o’ziga maftun qiladi.
Uzundere, Erzurum
Erzurum, Turkiyaning eng sovuq shaharlaridan biri bo’lib, shuning uchun Erzurumda muzlagan sharsharalarni uchratsangiz ajablanmang.
Erzurum tabiatni sevuvchilarga ulkan tog’lar, chang’i va snoubordda uchish uchun ko’plab toqqa chiqish yo’llarini taklif etadi. Qishda muzlagan sharsharalarga, yozda esa tekis qoyalarga chiqishingiz mumkin. Har yili yanvar oyida bu yerda o’tkaziladigan Xalqaro muzga chiqish festivalida qatnashishingiz ham mumkin.
Kachkarlar, Rize
Kachkar tog’lari va Qora dengiz o’rtasida joylashgan Rize Turkiyaning eng yashil shahri hisoblanadi. Rize o’zining daryolari va o’rmonlari bilan sizga barcha darajalar uchun ajoyib tog’ ko’tarilish marshrutlarini taqdim qiladi.
Rizeda siz bahor va yoz oylarida, yashil platolarning go’zal tabiatidan bahra olishingiz mumkin bo’lgan o’nlab turli hududlarni uchratasiz.