Ryudigerning «Real»dagi maoshi ma'lum bo'ldi

«Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini «Real»da davom ettirishga yaqin.  Bu haqda Marca nashri xabar  bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar allaqachon bu borada o’zaro kelishib olishgan. Unga ko’ra,  Ryudiger  yiliga 9 mln yevro maosh oladi. 4 yillik shartnomaga qo’l qo’ygani uchun Antonioga 8 mln yevro bonus ham beriladi.

Futbolchining agenti esa ushbu kelishuv ortidan 15 mln yevro oladi.