Superog’ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik yana bir bor Entoni Joshuaga qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Ukrainalik bokschi revansh jangiga Chexiyada tayyorgarlik ko’rmoqda.
«Men Ukrainani himoya qilish uchun qolmoqchi edim. Men o’q otish emas, boks bilan shug’ullansam. Do’stlarim meni Ukraina uchun aynan boks orqali ko’proq foyda keltirishim mumkinligiga ishontirishdi. Chexiyada uzoq qolmayman. Men jang qiladigan joyimda mashg’ulot o’tkazmoqchiman.
Muntazam ravishda Vasiliy Lomachenko, Vladimir va Vitaliy Klichko bilan gaplashib turaman. Bor e’tiborimni mashg’ulotlarga qarataman. Ukraina g’alaba qozonadi. Jangdan so’ng albatta Ukrainaga qaytaman», – dedi Usik.
Izohlarni ko`rish