Sochni har kuni fen bilan quritish yoki doimo parhez tutish zararli bo’lishi mumkin. Bu odatlar soch tolasi va uni tashkil etuvchi oqsil zanjirlarini yo’q qiladi.
Sochni har kuni yuvib, fen bilan quritish
Sochlarni har kuni muntazam yuvish va turmaklash sochni butun uzunligi bo’ylab shikastlaydi. Bu shampunlar tarkibidagi gidroksidi va fenning salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq. Biroq bunday g’amxo’rlik bosh terisi va nozik sochlarning yuqori yog’liligida zaruriy chora hisoblanadi — aks holda, sochlar tezda yaxshi ko’rinishini yo’qotadi.
Boshni shampunlash va turmaklashning optimal miqdori haftada 3 marta. Agar bu tez-tez amalga oshirilsa, yengil tarkibli shampunni ishlatish kerak. Shampun sochlarga emas, bosh terisiga surtiladi va uning ko’pigi bilan yaxshilab massaj qilinadi. Yuvgandan keyin shampundan qolgan qoldiqlarni zararsizlantirish uchun niqob va balzamlardan foydalanish majburiydir. Shuningdek, sochlarni tarashni osonlashtiradigan va termal himoya ta’siriga ega bo’lgan maxsus spreylardan foydalanish tavsiya etiladi, ya’ni ular sochlarni fenning issiq havosidan himoya qiladi. Bundan tashqari, issiq rejimda nam sochlarni quritish sovuq havo bilan quritishdan yaxshiroq.
Sochlarni tez-tez bo’yash
Sochni bo’yash har 4-5 haftada bir marta amalga oshirilishi kerak. Odatda bunday tavsiya soch ildizlarining asl rangi ko’rinib, tashqi ko’rinishda yaqqol namoyon bo’ladiganlarga beriladi. Ammo ushbu holat kuzatilmasa, sochlarni yarim yoki bir yilda bo’yash mumkin. Aks holda bo’yoqlar soch ildizining parchalanishiga olib keladi.
Doimo parhezda bo’lish
Soch tolasi 80 foiz oqsildan iborat, shuning uchun ratsionda soch follikulasi uchun kerakli moddalar miqdori etarli miqdorda bo’lishi kerak. Hayvonlardan olingan oqsillar organizmda sintez qilinmaydigan muhim aminokislotalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda keng tarqalgan vegetarianlik sochlar uchun noqulay hisoblanadi. Har qanday past kaloriyali parhez sochlarni kerakli energiya bilan ta’minlashda uzilishga olib keladi.
Konditsionerli xonalarda ko’p vaqt o’tkazish
Konditsionerlar havodagi namlikni pasaytiradi, bu esa soch va bosh terisining qurishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun soch uzunligi bo’ylab qo’llanilishi kerak bo’lgan namlovchi spreylardan foydalanish tavsiya etiladi.
Vaqti-vaqti bilan sochlarni oziqlantirmaslik
Sochlar yozda namlikni yo’qotadi, mo’rtlik kuchayadi, suv havzasida cho’milish sochlarning qo’shimcha suvsizlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, quyoshga ta’sir qilish nafaqat soch tolasiga zarar yetkazishi, balki soch to’kilishini ham qo’zg’atishi mumkinligi isbotlangan.
Kuz va qishda sochlarga g’amxo’rlik qilmaslik
Sochlar issiq bosh kiyimlar ichida ham zararlanishi mumkin. Issiq shapkalar yog’ ajralishining kompensatsion ortishiga yordam beradi, boshning yuqori harorati ham foydali emas — bu kapillyar spazmga olib kelishi mumkin. Qishda bosh terisining sezgirligi oshadi, dermatologik kasalliklar, masalan, dermatit, psoriaz paydo bo’lishi mumkin. Bosh kiyim ostidagi sochlar tezda tashqi ko’rinishini yo’qotadi, tezroq kir bo’ladi. Umuman olganda, qishda aralash turdagi sochlarning holati odatda og’irlashadi, ham teri qurib, ham yog’ ajralish jarayoni kuchayadi.
Chekish va spirtli ichimliklar
Chekishning soch follikulalari ishiga toksik ta’siri isbotlangan. Chekuvchilarda soch to’kilishi faolroq bo’ladi, bundan tashqari, soch to’kilishining genetik shakllari og’irlashadi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish nafaqat sochga, balki butun organizmga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi.