Usik Joshuani mag'lub etib, chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida professional boks kechasi o’tkazildi. Kechaning asosiy janggi og’ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua o’rtasida bo’lib o’tdi. Bu bokschilar o’rtasidagi revansh jang hisoblanadi.

Jang to’liq 12 raund davom etdi. Ochkolar bo’yicha ikki hakam ustunlikni ukrainalik bokschiga bergan bo’lsa (115:113, 116:112), bir hakam britaniyalik sportchining g’alabasini e’tirof etdi (113:115).

Shu tariqa, Usik WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlarini o’zida saqlab qoldi.

Eslatib o’tamiz, ushbu bokschilar o’rtasidagi dastlabki jang 2021 yilning sentyabr oyida «Tottenxem Xotspur» stadionida bo’lib o’tgandi. Unda Usik hakamlarning yakdil qaroriga ko’ra (117-112, 116-112, 115-113) Joshua ustidan g’alaba qozongan edi.