Messi va Neymar Mbappedan norozi

«PSJ» hujumchilari Lionel Messi va Neymar jamoadoshi Kilian Mbappening xatti-harakatidan norozi, deb xabar beradi Mirror.

Manbaga ko’ra, lotin amerikaliklar fransiyalik futbolchini Janubiy Amerikadagi jahon chempionati saralash turniri haqidagi so’zlari uchun tanqid qilgan.

Avvalroq Mbappe Lotin Amerikasida raqobat past ekanini aytgandi. Bu so’zlardan keyin Messi, Neymar va Mbappe o’rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.

Oldinroq Mbappe «PSJ»da argentinaliklardan tashkil topgan guruhdan norozi ekani xabar qilingandi.