Turkiyadagi boks bo’yicha ayollar o’rtasidagi JChda Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva “bronza”ga ega chiqishdi.
Aziza Yoqubova (-50 kg) yarim final jangida kolumbiyalik Ingrit Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Qayd etish lozimki, bungacha O’zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari kattalar o’rtasidagi JChda medal qo’lga kiritishmagan edi. Aziza bu borada birinchi bo’ldi!”, – deyilgan Milliy olimpiya qo’mitasi xabarida.
Mohira Abdullayeva esa (+81 kg) jangning 1-raundida jarohat olib, bellashuvni davom ettira olmadi. Shu bois hakamlar g’alabani uning raqibasi marokashlik Xayja Mardiga berishdi.
Shu tariqa, mazkur dunyo birinchiligi mamlakat terma jamoasi uchun 2 ta bronza medali bilan yakunlandi.
Bu musobaqa ayollar boksida JChlaridagi ilk medallar bilan tarixda qoladi.