Tarixda birinchi bor o'zbekistonlik dzyudochi qiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Boku “Katta dubulg’a” turniridan so’ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Musobaqadagi g’alabasi evaziga Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining yakka peshqadamiga aylandi.

Shu paytgacha hech bir o’zbekistonlik dzyudochi qiz dunyo reytingida birinchi o’ringa ko’tarilmagan edi.