«PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galtye braziliyalik hujumchi Neymarning joriy mavsumdagi o’yin darajasi haqida fikr bildirdi.
“Neymar jamoa uchun juda ko’p ishlaydi. O’ylashimcha, hozir biz uning «PSJ»dagi eng yaxshi versiyasini tomosha qilyapmiz», – deya mutaxassisning so’zlarini keltiradi Lequipe.
30 yoshli braziliyalik ushbu mavsumda parijliklar safida 19 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish