Sayyoramizning eng boy odami, Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask Twitter Inc (TWTR.N) kompaniyasini 44 milliard dollarga sotib olish bo’yicha bitim imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
O’tgan haftada noaniq bo’lib tuyulgan kelishuv muhokamalari hafta oxirida Mask Twitter aksiyadorlarini moliyaviy foydali taklif bilan hayratga solganidan keyin tezlashdi.
Twitter tadbirkor bilan kompaniyani har bir aksiya uchun 54,2 dollar taklif qilingan narxda sotish bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Dushanba oqshomida bitim yopilgach, kompaniya aksiyalari taxminan 6 foizga oshdi.
Izohlarni ko`rish