Saudiya Arabistonida o’smirlar o’rtasida jahon chempionati davom etmoqda.Jahon chempionatida Ozoda Hojiyeva ikki medalga sazovor bo’ldi. U dast ko’tarishda 77 kilogrammni bo’ysundirib, to’rtinchi o’rindan joy olgan bo’lsa, siltab ko’tarishda 95 kilogramm natija bilan bronza medalini qo’lga kiritdi.
Shu tariqa, Ozoda ikki kurash natijasiga ko’ra, 172 kilogramm natija qayd qayd etgan holda terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining birinchi kumush medalini qo’shib qo’ydi.
Og’ir atletika bo’yicha o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionati, -55 kg, qizlar
1. Estep Katerin Emili (AQSh) 198 kg
2. Hojiyeva Ozoda (O’zbekiston) 172 kg
3. Leon Perez (Meksika) 171 kg
Izohlarni ko`rish