Bollivud qirolining o'g'li «narkush»mi?!

Shohrux Xonning to’ng’ich o’g’li 23 yashar Aryan Xon Mumbaydagi Cordelia Cruises kemasida o’tkazilgan reyddan so’ng Narkotik moddalarni nazorat qilish byurosi tomonidan hibsga olindi.

Ma’lumotlarga ko’ra, Bollivud yulduzi Shohrux Xonning o’g’li Aryan Xon narkoguruhga qo’shilib qolgan. Aryan Xon 7 kishi bilan birga 2021 yil 2 oktyabr kuni Mumbay-Goa yo’nalishi bo’ylab sayohatga chiqqan kruiz laynerida ushlangan. Undan tashqari yana ikki kishi − Arbaz Set Merchant va Munmun Dxamecha ish bo’yicha asosiy gumonlanuvchi sifatida ko’rilmoqda.

Shohruxning o’g’li Aryan bir vaqtning o’zida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi qonunning bir nechta moddalari bilan, jumladan, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, ishlab chiqarish, saqlash va sotib olishda ayblanmoqda.