«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodovning «Spetsiya»ga o’tishi bugun rasmiylashtiriladi.
O’zbekistonlik futbolchining yangi jamoasi forvardni ijaraga oladi. Keyinchalik uning transfer huquqini sotib olish majburiyatini o’ziga olmaydi.
«Spetsiya» va «Roma» o’rtasidagi tuzadigan shartnoma natijasida uning summasi 2,4 million yevroga yetishi mumkin. Bunda Shomurodovning o’yinlari, gollari va futbolchiga to’lanadigan maosh summasi inobatga olingan.
«Spetsiya» mana shunday taklif orqali Eldorga da’vorgarlik qilgan boshqa klublardan ustun kelgan.
Izohlarni ko`rish