Shomurodov kelajagi borasida muhim gap aytdi

Ayni vaqtda «Roma» sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov kelgusi mavsum qaerda to’p tepishi oydinlashib bormoqda.

«Roma» sport bazasidan mashg’ulotlarni tugatib chiqayotgan Shomurodov Rim klubi muxlislari tomonidan kelajagi to’g’risida berilgan savolga qisqa qilib javob qaytardi: «Men «Roma»da qolaman».

Bilasiz, legionerimizga anchadan buyon Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi qiziqish bildirib kelmoqda. Istanbul klubi uni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirayotgandi.

O’tgan mavsum 27 yoshli forvard A Seriya doirasida 28 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 4 ta assistni o’z nomiga yozdirib qo’yishga muvaffaq bo’ldi.