The Sun xabariga ko’ra, «Arsenal» yozda transfer bozorida qo’shimcha mablag’ olish uchun yana yetti nafar futbolchisini sotmoqchi.
Manba bergan xabarga ko’ra, «to’pchilar» takliflarni ko’rib chiqadigan futbolchilar ro’yxatida hujumchi Nikolas Pepe va darvozabon Bernd Leno bor.
Oldinroq «Fulxem» 30 yoshli darvozabonni o’z safiga qo’shib olishga yaqin ekani xabar qilingandi.
O’tgan mavsumda Leno barcha musobaqalarda 8ta o’yinda maydonga tushib, 11ta gol o’tkazib yuborgan. Uch marta gol o’tkazib yubormasdan maydonni tark etishga muvaffaq bo’ldi. Darvozabonning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Pepe «Arsenal»ga 2019 yilning avgustida rekord darajadagi 79 million yevro evaziga o’tgan edi. 2021/22 yilgi mavsumda 27 yoshli forvard barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.