Serbiyaning Belgrad shahrida 26 oktyabrdan 6 noyabrga qadar boks bo’yicha kattalar o’rtasida Jahon chempionati bo’lib o’tadi. Unga professional bokschilar Shahram G’iyosov va Hasanboy Do’stmatov ham jalb qilingan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Shahobiddin Zoirov (-54 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg), Abdumalik Xalokov (-60 kg), Mujibullo Tursunov (-63,5 kg), Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (-67 kg), Saidjamshid Jafarov (-75 kg), Odiljon Aslonov (-80 kg), Shohjahon Abdullayev (-86 kg), Madiyor Saidrahimov (-92 kg), Lazizbek Mullajonov (+91 kg) joy oldi.
Bokschilar bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg’ulotlar olib bormoqda.
2019 yilda tashkil etilgan so’nggi jahon chempionatida o’zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo’lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o’rinni qo’lga kiritgan edi.
minsport.uz