Bo’y o’sishi asosan 25 yoshgacha davom etadi. Qizlarda eng aktiv bo’y o’sish davri balog’at yoshidan 16-17 yoshgacha davom etadi. Ammo bu individual holat bo’lib, hammada har xil bo’ladi. Tibbiyotda suyak yoshi degan tushuncha bor. Qo’l kafti rentgen tekshiruvi orqali suyak yoshi va o’sish zonalarining ochiq va yopiqligi ko’riladi.
O’sish zonalarining ochiqligi bo’y o’sish ehtimoli mavjudligini bildiradi. Dori vositalarini ham faqatgina shu holatda ichish mumkin.
Bo’y o’stirish uchun dori vositalarini faqat shifokor maslahati bilan ichish lozim. Aks holda organizmda boshqa asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Izohlarni ko`rish