Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Urugvayga qarshi kechgan JCh-2022 saralash bosqich bahsida o’ziga xos rekord qayd etdi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Messi Urugvayga qarshi o’yinda darvoza tomon 45 marotaba zarba berdi va jamoadoshlari uchun 27 marta golli imkoniyatni yaratdi. Bu esa rekord ko’rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Argentina-Urugvay uchrashuvida dastlabki golni aynan Messi darvozaga yo’lladi. Bu esa uning saralash bosqich doirasida 6-goli hisoblanadi.
darakchi.uz
Izohlarni ko`rish