Gretsiyaning Saloniki shahrida sambo bo’yicha yoshlar va o’smirlar o’rtasida Jahon chempionatiga start berildi.
Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida jami 7 nafar hamyurtimiz g’oliblik uchun gilamga chiqishdi.
Ularning barchasi yakunda shohsupaga ko’tarilgan. Jumladan, yakuniga yetgan bugungi bellashuvlarda o’smirlardan Egambergan Iskandarov (-53 kg) hamda Gulhayo Jo’rayeva (-50 kg) oltin medalga sazovor bo’lishdi. Yana bir hamyurtimiz E’zoza Abdumo’minova esa (-47 kg) vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.
Yana to’rt nafar sambochimiz esa bronza medaliga ega chiqishdi. Bular:
-64 kg: Bexruz Omonov (o’smirlar),
-54 kg: Shaxzoda Azatova (qizlar),
-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar),
+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar).