Tayson Fyuri boksdan ketmoqchi ekanligiga sha'ma qildi

Bir necha kun oldin Deontey Uaylderni nokautga uchratgan Tayson Fyuri sportdan ketishga sha’ma qildi.

«Bu qachon ro’y berishini bilmayman. Menda «Top Rank» bilan shartnoma bo’yicha bitta jang qoldi. Ko’ramiz nima bo’larkin. Ammo hozir boks haqida o’ylamayapman. Nechta jangim qolganini bilmayman. Yana jang qilishim kerakmi yoki yo’qmi? Gap pul yoki kamar himoyasida emas. Menga ertalab uyg’onib, shug’ullanish va kunimdan zavq olish motivatsiya beradi.

Boksda xech qanday maqsadim qolmagan. Barchasini qilganman va barcha narsani yutganman. Men doimo WBC, WBA, WBO, IBF chempioni bo’lib qolaman va bu tarixga muxrlangan», – dedi Fyuri.

RBK