«Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh o’z vatani Misrdagi cherkovni ta’mirlash uchun mablag’ining bir qismini xayriya qildi. Bu haqda The National nashri jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko’ra, futbolchi cherkovni qayta tiklash uchun taxminan 150 ming yevro o’tkazgan. Bino yong’indan keyin ta’mirlanadi. Yong’in oqibatida kamida 41 kishi halok bo’ldi, o’nlab odamlar kasalxonaga yotqizildi.
Eslatib o’tamiz, shu yilning yozida 30 yoshli misrlik mersisaydliklar bilan yangi mehnat shartnomasini imzolagan edi. Premyer-liga joriy mavsumida Muhammad ikkita uchrashuvda bitta gol urdi.
Izohlarni ko`rish