“Liverpul” klubi rahbariyati hujumchi Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma borasida muzokara o’tkazmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, misrlik futbolchi “Liverpul” bilan yangi shartnomasi orqali haftasiga 500 ming funt maosh olmoqchi. Bunga esa “qizillar” rahbariyati javob qaytarganicha yo’q.
Avvalroq Saloh “Liverpul”da uzoq vaqt qolmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Izohlarni ko`rish