FIFA prezidenti «Paxtakor»ni tabrikladi

FIFA prezidenti Janni Infantino O’FA prezidenti Abdusalom Azizovga «Paxtakor»ning O’zbekiston chempioniga aylangani munosabati bilan tabrik yo’lladi.

«Toshkentning «Paxtakor» futbol klubini 2021 yil O’zbekiston chempioniga aylangani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sovrin bilan klubdagi har bir inson mashaqqatli mehnati, ishtiyoq va sadoqati bilan g’ururlana oladi. Tabrigimni klubga aloqadar barcha insonlarga yetkazishingizdan mamnun bo’lardim. Ularni shunday jamoaviy ruh, ehtiros va qat’iyat bilan ishlashda davom etishga chaqiraman», – deyiladi «Paxtakor» klubi e’lon qilgan tabriknomada.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» Superligada 23 o’yindan keyin 54 ochko to’plab, muddatdan avval 14 karra O’zbekiston chempioniga aylandi.