«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa chempionlar ligasidagi 44-golini urishga muvaffaq bo’ldi. Misrlik futbolchi nimchorak final bosqichidan o’rin olgan «Real»ga qarshi bahsda Kurtuaning qo’pol xatosidan foydalanib, darvozani ishg’ol qildi.
OptaSports tarqatgan xabarga ko’ra, Saloh turnirdagi gollar soni bo’yicha afrikalik futbolchilar orasida yetakchi bo’lib turgan «Marsel», «Chelsi» va «Galatasaraoy» klublarining sobiq futbolchisi Didye Drogbaga yetib olgan. Bu borada keyingi o’rinlarni quyidagi futbochilar egallab turishibdi: Samuel Eto′O (30), Sadio Mane (27), — Riyad Mahrez (19).
Izohlarni ko`rish