«PSJ» klubi sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar rahbariyatiga Lionel Messi yoki Neymarni sotib yuborib, jamoani Kilian Mbappe atrofida qurishni taklif qildi.
«MNM triosini parchalash «PSJ»ning asosiy vazifasi hisoblanadi. Hech bo’lmasa, klub ulardan biri bilan xayrlashishi kerak. Men Messi yoki Neymarni nazarda tutyapman, Mbappeni emas albatta. Agar Kilian yana nimanidir xohlab qolsa, bu «PSJ» uchun fojiaga aylanadi.
Messi «PSJ»ga o’tganidan buyon anomaliya aylanib qoldi. Futbol tarixiga kuchli ta’sir ko’rsatgan bunday saviyadagi futbolchi haqida bu fikrni bildirish og’ir. Ammo bu haqiqat, afsuski.
Albatta, u «Barselona»ni tark etganidan keyin g’amgin holatga tushib qolgandir. Hattoki, ayni paytga kelib uning hayoti izga tushganini aytayotgan bo’lsa ham, maydonda bu narsa ko’rinmayapti. Futboldan zavq olayotganini ko’rinmayapti.
Hozir men klub tomonidaman. Luish Kampush mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi va Messining kelishi yaxshi voqea bo’lmasligini tan olishi kerak. U «PSJ» uchun noto’g’ri qadam bo’ldi.
Shuningdek, Neymarga nisbatan savollar mavjud. Faqat Angliyada bunday maosh to’lashni o’ziga ep ko’ra oladi. Men hattoki transfer haqida gapirmayapman. Chunki «PSJ» Neymarni hech qachon 200 mln yoki 220 mln yevroga sota olmasligini biladi.
Lekin hech bo’lmasa maoshdan tejash maqsadida ham ikki baravar kam narxga ham sotib yuborish kerak. Chunki moliyaviy halol o’yin degan narsa bor.
Agar «PSJ» haqiqatan rosmana yangi sport loyihasini tuzishni istasa, o’ylashimcha, yuqori maosh oladigan futbolchilar bilan xayrlashishi kerak», – dedi Roten «RMC Sport» nashriga bergan intervyusida.