Xabaringiz bor, ayni kundarda Belgrad (Serbiya) shahrida boks bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tmoqda.
Xususan, kechagi dasturni -75 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov hamyurtlari uchun yakunlab berdi.
Slovakiyalik Lukas Fernezaga qarshi kechgan bahsda amaldagi Osiyo chempioni o’zining ishonchli harakatlari, aniq va kuchli zarbalari bilan raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan.
Yakunda hakamlar ham Jafarovning 5:0 hisobidagi g’alabasini ko’rsatishgan.
Jafarov endi keyingi bosqichda yaponiyalik Yuito Morivakiga qarshi bahs olib boradi.
olympic.uz
Izohlarni ko`rish