Hasanboy Do'stmatov Jahon chempionatini tark etdi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo’yicha JCh—2021 bahslarining 2-kungi bahslari bo’lib o’tmoqda.

 

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do’stmatov 1/8 finali doirasida qozog’istonlik Saken Bibossinov bilan bahs yuritdi. Teng kurashlar ostida o’tgan bahsda Bibosinov hakamlar qaroriga ko’ra g’alaba qozondi va keyingi bosqichga yo’l oldi.

 

Shu tariqa ma’lum muddatli tanaffusdan keyin havaskor boksga qaytgan Do’stmatov Jahon chempionatini erta tark etdi.