Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova 2023 yilda Yekaterinburgda bo’lib o’tadigan Universiadani o’z vaqtida o’tkazilmasligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
«Bugun men «maxsus harbiy operatsiya» tugagach, sanksiyalar bekor qilinadi degan gapni eshitdim. Bu navbatdagi gap-so’zdan boshqa narsa emas, hozir Jahon talabalar o’yinlarini keyinga qoldirish haqida gap-so’zlar bo’lmoqda», deydi Viner-Usmonova.
Viner-Usmonova, shuningdek, Rossiya 2024 yilgi yozgi Olimpiada o’yinlarini o’tkazib yuborishi mumkinligini ham taxmin qildi. «Bu qo’g’irchoq teatri davom etmoqda», deydi u.
Universiada 2023 yilning 7-19 avgust kunlari bo’lib o’tishi kerak edi. Rossiyalik sportchilarga FISU shafeligidagi musobaqalarda kamida 2022 yil oxirigacha qatnashish taqiqlangan.
28 fevral kuni Xalqaro olimpiya qo’mitasi (XOQ) sport federatsiyalariga murojaat qilib, rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalarda ishtirokini cheklashni tavsiya qildi. Shundan so’ng, bir qator sport tashkilotlari Rossiyadan ba’zi yirik musobaqalarni olib qo’yishga, shuningdek, rossiyalik sportchilarni musobaqalarga qo’ymaslikka qaror qildi.
Bularning barchasi Rossiyaning Ukrainaga boshlagan «maxsus harbiy amaliyoti» bilan bog’liqdir.
gazeta.ru