Ronalduni Saudiya Arabistoniga taklif qilishmoqchi

Britaniya OAVlarida Saudiya Arabistoni futbol assotsiatsiyasi prezidenti Krishtianu Ronalduni o’z ligasiga taklif etish istagi haqida xabar tarqatdi.

“Biz Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida o’ynashini istardik.

Bu juda katta miqdordagi ijobiy fikr-mulohazalarni olib keladi va hamma uchun katta yangilik bo’ladi. Ishonchim komilki, hamma Krishtianu Ronalduning yutuqlari va rekordlarini biladi, balki ajoyib o’yinchi sifatida ham biladi.

Amalga oshirib bo’lmaydigan transfer deb ayta olmayman. Ishonchim komilki, bu juda qimmat shartnoma bo’ladi, lekin biz so’nggi bir necha yil ichida klublarimiz yuqori daromad keltirayotganini ko’rdik.

Avvallari Premyer-ligada o’ynagan bir qancha yirik futbolchilar Saudiya Arabistoni ligasiga o’tganiga guvoh bo’ldik.

Menga futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldu yoqadi va uning Saudiya Arabistonida o’ynashini istardim”, – deydi Yoser Al Misexal.