Ronalduga hashamatli soat sovg'a qilishdi

Krishtianu Ronalduga 26 dona oq olmosli hashamatli soat sovg’a sifatida taqdim etildi.

Ronalduga hashamatli soat sovg'a qilishdi

Soat portugaliyalik futbolchi sharafiga ishlab chiqarilgan – ularda Ronalduning gol nishonlayotgan tasviri va bosh harflarni ko’rishingiz mumkin – CR7.

Ronalduning surati ijtimoiy tarmoqlarda chop etildi. Dail Mail nashrining yozishicha, bu soat 92 ming funt (taxminan 105 ming yevro) turadi.

Bu kolleksiyadagi to’rtta soatdan biri. Eng qimmatini 119 ming funtga (taxminan 136 ming yevro) sotib olish mumkin.

«Ar-Riyoddagi yangi butikka tashrif buyurishdan xursandman. Mehmondo’stligingiz uchun rahmat!», – deya yozgan Ronaldu.

Eslatib o’tamiz, Ronaldu 2023 yildan buyon «An-Nasr»da o’ynab kelmoqda.