«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Sporting»ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq Portugaliyaning «Sport TV» telekanali Ronalduga tegishli avtomobil Lissabon shahri klubi stadioni hududida ko’rinish bergani haqida xabar tarqatgandi.
«Feyk», – de yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlar orqali.
Eslatib o’tamiz, 37 yoshli futbolchi «Yunayted»ning Tailandda o’tadigan yig’iniga bormadi.
Izohlarni ko`rish