«Barselona» tarkibiga qo’shilgan polshalik hujumchi Robert Levandovski o’z qarori sababini aytdi.
«Xavi menga birgalikda ishlab, ko’p narsaga erishishimiz mumkinligini aytdi. U tez orada «Barselona»ni yana yuqoriga olib chiqmoqchi. Men bu yerga sovrinlar yutish uchun keldim. Bilaman, yaqinda 34 yoshga to’laman. Lekin o’zimni jismonan va ruhan juda yaxshi his qilyapman», – degan u.
Eslatib o’tamiz, «Barselona»ga o’tgan 33 yoshli futbolchi soliqlardan tashqari yiliga 9 mln yevro maosh oladi. «Bavariya»ga esa Levandovski uchun 45 mln yevro hamda bonus sifatida 5 mln yevro to’lanadi.
Izohlarni ko`rish