Ispaniyaning “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Xavi “ko’k-anorranglilar” bilan birga AQShga uchmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar tez orada AQShga mavsumoldi musobaqasida qatnashish uchun uchib ketadi. Biroq bosh murabbiy jamoa bilan safarga chiqmaydi.
Dastlab, “Barselona” rasmiylari Xavining AQShga bora olmasligini ma’muriy va pasport masalalaridagi muammo bilan izohlagandi. Biroq Xavining Eronga borgani tufayli AQShga kirishiga ruxsat berilmagan. Ispaniyalik futbolchi Qatarning “Al-Sadd” klubi futbolchisi bo’lganida bu mamlakatga uch marta tashrif buyurgan.
Qayd etish joizki, Xavi AQShga kirish uchun maxsus ruxsat olishi kutilgandi, biroq so’nggi daqiqada unga rad javobi berilgan. “Barselona” rahbariyatida muammoni hal qilish uchun joriy yilning 18 iyuligacha kutishi kerak bo’ladi.
kp.ru