Ronaldu Portugaliya terma jamoasida so'nggi 5 o'yinda birorta ham gol urmadi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida golsiz seriyasini uzaytirdi.

«Manchester Yunayted» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi o’yinda (1:1) 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.

Ronaldu oxirgi marta 12 oktyabr kuni terma jamoa safida gol urgan – o’shanda JCh-2022 saralashida Lyuksemburgga qarshi o’yinda (5:0) xet-trik qayd etgandi.