Qozog’istonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha reyting turniri start oldi.
Ravshan Ro’ziqulov shogirdlari murosasiz bahslar yakunida 1 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo’lga kiritdilar.
-67 kg vazn toifasidagi polvon Abror Ataboyev saralashda Qozog’iston va Eron vakillarini dog’da qoldirib, finalda gruziyalik Joni Xesurianidan ham ustun keldi.
Jasurbek Ortiqboyev, Muhammadqodir Yusupov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov o’z vazn toifasida shohsupaga ko’tarilishdi.
Izohlarni ko`rish