O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “Roma”dagi kelajagi haqida bir qarorga keldi. Bu haqda Italiya OAVlari xabar bermoqda.
OAV xabarlariga ko’ra, Eldor Shomurodov «Roma»da qolishni rejalashtirgan. Futbolchi asosiy tarkibdan joy olish uchun yana bir mavsum kurash olib borishga qaror qildi.
Shomurodovning fikricha, birinchi mavsum u uchun katta klubga moslashgani uchun omadsiz keldi. Qolaversa, futbolchi himoyaviy futbol o’ynaydigan Joze Mourinyuning o’yin tizimiga ko’nikib bormoqda. Hozirda Eldorga Germaniya va Ispaniya klublaridan takliflar bor. Biroq “Roma” va futbolchining o’zi hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Izohlarni ko`rish