Ronaldu JChdagi muvaffaqiyatli o'yini orqali boshqa klubga o'tishga umid qilmoqda

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishda jamoasini o’zgartirmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Jeyson Bart.

Manba bergan xabarga ko’ra, portugaliyalik hujumchi shu yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo’lib o’tadigan Jahon chempionati oldidan ko’proq o’yin o’tkazishga umid qilmoqda. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o’yin uning boshqa klubga o’tish imkoniyatini oshiradi.

Joriy mavsumda 37 yoshli Ronaldu «mankunianliklar» safida 8 ta o’yin o’tkazib, bitta golga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 20 million yevroga baholamoqda.