“Turkiya” tashrif buyuruvchilar soni bo’yicha Fransiya va Ispaniyadan keyin Italiya va AQShni ortda qoldirib, uchinchi o’rinni egalladi.
Ekonomi gazetasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlaridan iqtibos keltirgan xabariga ko’ra, UNWTOga a’zo davlatlar ma’lumotlarida 2019 -yilda eng ko’p tashrif buyurgan 10 davlat ro’yxatida oltinchi o’rinda bo’lgan Turkiya uchinchi o’ringa ko’tarildi va daromad ko’rsatkichlari bilan birinchi o’rinni egalladi.
UNWTO ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yilda taxminan 1 milliard kishi sayohat qilgan. Bu raqam pandemiya tufayli 2021-yilda 447 million, 2020 -yilda esa 409 millionni tashkil qilgan.
2022-yilda eng ko’p sayyoh kelgan mamlakatlar uchligiga Fransiya, Ispaniya va “Turkiya” kiritilgan.
“Turkiya” 51 million sayyoh bilan 50 million sayyohga yetgan AQSh va Italiyani ortda qoldirdi. Fransiya 82 million sayyoh bilan birinchi o’rinda turgan bo’lsa, Ispaniya 74 million sayyohni qabul qilishi taxmin qilinmoqda.
Top 10 talikni : Rossiya, Meksika, Gretsiya, Angliya, Germaniya, Portugaliya, Bolgariya, Eron yakunladi.