Ronaldo: «Benzema birinchi, Levandovski ikkinchi, uchinchisi esa…»

Afsonaviy braziliyalik Ronaldo dunyoning eng kuchli uch hujumchisi nomini aytdi. U birinchi o’ringa «Real» hujumchisi Karim Benzemani qo’ydi. U shuningdek, Kilian Mbappening rekord darajadagi maoshi haqida fikr bildirdi.

«Mening fikrimcha, Benzema hozirda eng yaxshisi. Lekin Levandovski ham yaxshi mavsum o’tkzamoqda. Xoland juda kuchli va balki dunyoda birinchi raqamga aylanadi. Men buni shunday aytaman: Benzema birinchi, Levandovski ikkinchi, keyin esa juda yosh, lekin tez orada qolgan ikkitasini ortda qoldiradigan Xoland”, — dedi Ronaldu Bobo TV telekanaliga.