Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo'ldi

Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo’ldi.

Turizm va sport vazirligi xabariga ko’ra, 2010 yilda tug’ilgan Bekmurodov shu kunga qadar o’smirlar o’rtasidagi ko’plab musobaqalarda g’olib va sovrindor bo’lgan. 2020 yilda o’tkazilgan shaxmat bo’yicha onlayn O’zbekiston chempionatida ham g’oliblikni qo’lga kiritgan va “Spark” mashinasi bilan taqdirlangan.

Qayd etish joizki, 2016 yilda 6 yoshli Humoyun Bekmurodov sport ustaligiga nomzod bo’lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylangan edi.

«Sen 6 yoshu 5 oyligingda sport ustaligiga dunyodagi eng yosh nomzod bo’lib, shaxmatning yangi rekordini o’rnatding», — deb yozilgan edi FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinovning imzosi chekilgan tabrik maktubida.