Romano Ronalduning yanvar oyida «Manchester Yunayted»ni tark etishini istisno qilmayapti

Insayder Fabritsio Romano yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchi Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dan ketishini istisno etmayapti.

“Men buni istisno qilmagan bo’lardim. Agent Jorje Mendesh yechim topishga harakat qilganda, u o’z yo’lini topishini hech qachon inkor eta olmaysiz”, dedi Romano o’zining podkastida.

Eslatib o’tamiz, Angliya chempionatida portugaliyalik hali samarali harakatlari bilan ajralib turmagan