Messi Ronalduning rekordini yangiladi

«PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messi penaltilarni hisobga olmaganda eng ko’p gol urish bo’yicha «Manchester Yunayted» hujumchisi Ronalduning rekordini yangiladi.

35 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida 672 ta gol urgan. Bu ko’rsatkich bo’yicha Messi Ronaldudan bitta golga o’zib ketdi, vaholanki u portugaliyalikdan 150 ta kam o’yin o’tkazgan.

Messi Fransiya chempionatining 8-turidan o’rin olgan «Lion»ga (1:0) qarshi o’yinda g’alaba golini kiritdi.