«Roma»ga Shomurodov bo'yicha taklif tushmagan

“Roma” hozircha hujumchi Eldor Shomurodovni transfer qilish bo’yicha taklif olganicha yo’q, deb xabar beradi Sport Express. Oldinroq OAVda 27 yoshli futbolchini o’z safiga «Torino» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo’lgandi.

Shomurodov 2021 yilning avgustidan Rim klubi futbolchisiga aylangan edi. Hujumchi joriy mavsumda “Roma” safida 8 ta o’yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Eldorning poytaxt klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2026 yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan. Uning transfer narxi 7 million yevroga baholanmoqda.